Bosh sahifa
Biografiya
Ijod mashaqqati
"O'tkan kunlar"
Dars ishlanmasi
Qatag'on fojiasi
Fotoalbom
Yodnoma
She'rlar
Mehmonxona

 

                                              Ijod mashaqqati

 

 

Haqiqat – xalqning birinchi bir martabada iqtisodini tuzatish, undan so’ng chin ma’rifat berish, ham shular asosig’a boshqa masalalarni qo’yishdadir.

                              

“Biz jasorat so’rar edik. Lekin berish qayerda – jasoratimizning qolgan-qutqanini ham olmoq muddaosida edilar. Biz so’z erkinligi so’rar edik. Lekin tilimizni tek-tugidan kesmoqchi edilar. Jasorat bitkan edi, til kesilgan edi… yuragimizdagi bir oz umidni istisno qilganda boshqa narsalar yulinib – yulqingan edi…
 Nihoyat: fig’on va nolalarimiz arshi a’lolarg’a yetkanda umidimiz quyoshi istiqlol tug’di. Jasorat bo’g’magurlarining oyog’lari osmondan, til qassablarining manfur gavdalari jahannam tegidan keldi.
 Istiqloldan biz boshliqcha jasorat oldiq. So’z erkinligi oldiq. Chindan ham buyuk istiqlolning bizga bergan yemishi jasorat emasmi edi!..”
“Jasorat ayb emas” Julqunboy. 1922-yil, 1-iyul.
 

                            

Bu kunda kulgulik – hajviyotning chin egasi yo’qlig’idan foydalanib “suv yo’g’ida – tayammum, eshagiga yarasha - tushovi” deganlaridek, mardi maydon sifatida ikir-chikirlar yozib “arzimasa-da, arzitarsiz” umidida kelaman. Kelasidagi kulgulik bog’imizning bulbuli emas – zag’izg’oni, guli emas- tikoni bo’lmog’imni-da iqror etaman. Gul yog’ochida boshlab chechak emas tikanak o’sadirkim, eng ozi shu holni kuztib ajzimni iqror qilishqa majburman. Binoan alayhi so’zim qo’pol, muomalam dag’al, latifam achchig’, mutoyabam xunuk; kuldirib yig’latish, achitmay to’qunish hunarlari manda yo’q. Shul hunarsizligim orqasida xolis pandlarimdan, kirsiz to’qunishlarimdan xayoliy natijalar, shaytoniy maqsadlar chiqarishg’a tirishkuchi fattoyi kashflar oz emaslar. Lekin man o’shanday shumshuk maxdumlardan satqi xafalik qilaman. Chunki shu kungacha manim mezonim vijdonim bo’lub keldi, bundan so’ng ham jilovim o’shaning qo’lida. Demak, manim istiqbolim ta’min qiling’andir. Qoro niyatlik kishi moxov bo’lg’ay. Uzrim shul: tilasang yig’la, tilasang kul!

                             

Adabiyot dunyosida ikki turlik tanqid bor: jiddiy tanqid va hajviy tanqid. Jiddiy tanqid o’zining kuzatkan nishonasi ustida o’zgarishlar yasasa ham, ammo ko’pincha avomga majhulroq bo’lib o’tadir. Aytish mumkinki jiddiy tanqid bahs qiling’an masalaning o’z ahlig’a, ya’ni yuqori tabaqa – ziyolilarga maxsusu kabidir. Undan so’ng, jiddiy tanqid turmushning har bir burchagig’a kirib yurish uchun ham tanazzul etolmaydi. Bu jihat bilan qaralsa-da, u ommaviylik xususiyatidan yiroqdir. Tanqidning ikkinchi xili bo’lg’an hajviyni (Satira ma’nosi bilan) ommaviy deyilsa bo’ladi. Chunki, kulki tanqid turmush bo’lib uchquchi burgutdir. Hayot sharoitig’a yaramag’an zaif, qizg’anch, manfur, muzir va shuning singari unsurlar unga yemdir.  Hajviy tanqid avomning ruhiga yaqin va uning his etkan, ammo ifoda qila olmag’an masalalariga tarjimondir.

 Xulosa: hajviy tanqidning tabi”atidagi kulgulik unsure avomning mahbubi, tag’in to’g’risi, uning o’z ijodidir.

                             

 

Men har kuni Xudog’a to’qquz marotaba osiy bo’lib, o’n sakkiz martaba tavba va istig’for aytaman. Isyonim bepayon bo’lg’anidek istig’forim hadsiz va lekin isyonsiz qolg’an soatimg’a juda oz uchrarman! Bas, onglag’ilkim ey akmal! Tavbaga bo’yin bukkan banda, bandalarning eng yaramasidir, qulluq bunyod qilg’on rasvo, rasvolarning yana ashaddiy rasvosidir. O’z butunlig’ini saqlay olmag’an boshqag’a en bo’la oladir degan gapni hech bir kitobda uchratolmadim. Aytmakchimanki, tavbasi boshini yesin, sen bo’lsang ishingdan qolma, otingni chuh, de! Haqiqat oldida bo’yin egish tovbadir, o’zgasi govg’adir.

                               

 

Bir millatning har bir sohada tutkan mavqe’i madaniyatidagi darajasiga, ya’ni saviyasiga qarab hukm qilinsa ham, hajviyotdagi darajasi bunga qaramaydir. Millatning kulgulik dahosi aksar o’shal qavmning intiboh tarixining qaldirg’ochi bo’lib ko’rinadir. Masalan, italiyada - Dante, Ispaniyada – Servantes va Rossiyada – Gogol kabi. Chunki daholarni yetishtirguvchi bosh omil buzuq sharoit edi.

                               

 Yaxshi bilish kerakkim, qalam – o’qlog’I, matbuot ketmon bozori emas. Yo’sunsiz ravishda xotirg’a kelgan har bir so’zdan jumlalar to’qimoq fazilat sanalmaydir. So’z qolib, fikr uning ichiga qo’yilgt’an g’isht bo’lsin. Ko’bchilik xumdonidan pishib chiqg’ach, yangi hayot ayvoniga asos bo’lib yotsin.

                                

So’z so’ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak, yozg’uchining o’zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozg’uchiliq, aytmakchi bo’lg’an fikrni hammaga barobar anglata bilishda, orag’a anglashilmovchiliq solmasliqdadir.

                                

Matbuot sahifasi va adabiyot sahifalarigagina, hayotning har bir sohasiga churuk- choriq, latta-putta yozg’anlar rahmsiz suratda supurilib aksar kunlari juvoz haydashga qoladir.

                                

Fikrning ifodasi xizmatiga yaramag’an so’z va jumlalarga yozuvchi aslo o’un bermasligi lozim. Shundagina idoraning tuzatib bosishiga yo’l qo’ymag’an, mustaqil uslub va ifodaga ega bo’lib, o’zingizning qalamdagi istiqbolingizni ta’min qilg’an bo’lursiz. Kishiga ishonish va behuda kuchanish ma’qul gap emas. Birovga orqa qilib, o’zingizda bo’lg’on talantning ruhiga fotiha o’qiy ko’rmangiz. Bir soatda emas, o’n soatda yozish, bir qayta emas, o’n qayta tuzatish kishining yordamig’a termulishka qarag’anda ham foydalik, ham umidlikdir.

                               

Xalqdagi taassubni o’rganish uchun har kim o’z oilasig’a va yaqinlarig’a ko’z tashlasin, xalq ijtimoiy shu oilalardan uyushkanidek uning ruhiy hollarini ham shundan o’rganish qulaydir.

                                        

                                                                                                Yuqoriga qaytish

  
UzSciNet - Íàó÷íàÿ è îáðàçîâàòåëüíàÿ ñåòü Óçáåêèñòàíà
School Goes Digital UzSciNet