Bosh sahifa
Biografiya
Ijod mashaqqati
"O'tkan kunlar"
Dars ishlanmasi
Qatag'on fojiasi
Fotoalbom
Yodnoma
She'rlar
Mehmonxona

 

Abdulla Qodiriyning hayot yo'li

                                            

 
1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida bog’bon Qodirbobo (1822-1924) oilasida dunyoga keldi.
1903-yil. Eski usuldagi maktabda o’qiydi.
1906-yil (12 yoshida) – bir boyda xizmat qiladi.
1912-yil. Samarqand darvoza Akram savdogarning tashqi hovlisida 7-son rus-tuzem maktabini tugatadi.
1912-1915-yillar. Rasulmuhammad boynikida prikazchilik qiladi.
1914-yil. Beshyog’och dahasidagi madrasada tahsil oladi, arab, fors tillarini o’rganadi.
1915-yil. “Oyna” jurnalida ma’rifatparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan “Ahvolimiz”, “To’y”, “Millatimga” she’rlari bosildi.
1915-yil. Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi ta’sirida 4 pardali “Baxtsiz kuyov” fojiasini yaratadi.
1915-yil. “Juvonboz” hikoyasini nashr ettirdi.
1916-yil. “Uloqda” hikoyasi yaratildi, 1923-yilda “Bilim o’chog’i” jurnalida bosildi.
1917-1918-yillar. Toshkentda Eski shahar ozuqa komiteti sarkotibi.
1919-yil. “Oziq ishlar” gazetasining muharriri.
1921-yil. “Jinlar bazmi” hikoyasi yozildi.
 20-yillarda quyidagi taxalluslar bilanasarlar yozadi: Julqunboy (kambag’al), Dumbul, Domla Dumbul, Dumbulnisa, Sovrinboy, Ovsar, Kalvak Maxzumning jiyani, J-boy, Toshpo’lat tajang, Boyqush, Indamas So’fi, Yo’lovchi, Chin do’st, Kampir, Mushtum, Chirmanda botir, Shapan mahzum, Shoshiy, Shilg’ay, Bog’bon, Shakkok, Go’sxo’r, Mulla Mushfiqiy…
1922-yil. “Otam va bolshevik” hikoyasi “Inqilob” jurnalining 7-8- sonida bosildi.
1922-yil. Birinchi turkiy roman – «O’tgan kunlar » dan parchalar « Inqilob » jurnalida e’lon qilindi. Romanning I- bo’limi 1924-yilda, II- bo’limi 1925-yilda, III- bo’limi 1926-yilda alohida kitob holida nashr etildi.
1923-yil. G’ozi Yunus bilan « Mushtum » jurnalini tashkil qildi. I-sonida
«Mushtum» ta’rifida maqolasi bosildi.
1923-yil. «Mushtum »ning 2-sonida «Salomnoma» she’ri bosildi.
1924-yil. “ Toshpo’lat tajang nima deydi? ” hikoyasi “Mushtum” ning 25-sonida bosildi.       
1924-yil. “Mushtum” ning 27-sonida “Matbuot kuni” maqolasi bosildi.
1924-1925-yillar. Moskvadagi Valeriy Bryusov nomli adabiyot institutida o’qiydi.
1924-yil. “Mushtum” ning 27-sonida “Moskvadan Mushtumga” maqolasi bosildi.
1926-yil. “Mushtum” ning 27-sonida Ovsar imzosibilan “Yig’indi gaplar” maqolasi e’lon qilindi. Shundan so’ng O’zbekiston Jinoyat qonunlari majmuasining “Rahbar xodimlarni obro’sizlantirish” degan moddasi bilan qoralandi. Unga 2 yil qamoq jazosi beriladi, qariyb 3 oylik so’roq-tergovdan so’ng sudda o’zining haqligini isbotlovchi yozma nutqini o’qib beradi. 1926-yil 8-martda hibsga olinib, 1926-yil 17-iyunda ozod etiladi.
 1926-yil. “Kulgu haqida”, “Yozishg’uvchilarimizga”, “O’tgan kunlar” hamda “O’tgan kunlar” tanqidi ustida ba’zi mulohazalar”, “Tarjimai hol” maqolalari, “Shirvon xola nima deydi?” hikoyasi bosildi.
1928-yilda “Mehrobdan chayon” romanini yozib tugatdi, 1929-yilda nashr etildi.
1928-yil. M.Sheverdin “Za partiyu” jurnalida (3-son) bosilgan “Birinchi o’zbek romani” maqolasida romanni “mayday burjuaziya manfaatlarini ifodalagan, feudal o’tmishni ideallashtirgan, bizning roman emas”, deb qoralaydi.
 1932-yil. Yozuvchilar soyuziga qabul qilindi.
1932-yil. “Obid ketmon” qissasi yaratildi.
1935-yil. “Shubha” hikoyasi bosildi.
1936-yil. Onasi Josiyat bibi (1861-yilda tavallud topgan) vafot etdi.
1936-yil. “O’qish-o’rganish” maqolasi yozildi.
1937-yil. “G’irvonlik Mallavoy” hikoyasi yaratildi.
1936-yil. Oybek “Abdulla Qodiriyning ijod yo’li” kitobida yozuvchi badiiy mahorati, asar tiliga yuksak baho beradi.
1937-yil 31- dekabr. Tunda hibsga olinadi.
1938-yil 5-oktyabr. O’zbekiston Jinoyat Kodeksining 57, 66- moddalariga binoan SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sud qilib, millatchi, aksilinqilobchi, aksil sho’roviy tashkilotga a’zo deb, eng oily jazo –otib o’ldirishga hukm qilinadi. Hukm bir kun oldin- 4-oktabr kuni ijro etiladi.
 1959-yil 9- oktabr. Oqlandi. 
 

               



                                          
 Yuqoriga qaytish

  
  Qodiriy o’z yurtining mustaqil bo’lishini orzu qildi va shu yo’lda kurashdi, qurbon bo’ldi. O'tkir Hoshimov

                                                                  

UzSciNet - Íàó÷íàÿ è îáðàçîâàòåëüíàÿ ñåòü Óçáåêèñòàíà
School Goes Digital UzSciNet