Bosh sahifa
Biografiya
Ijod mashaqqati
"O'tkan kunlar"
Dars ishlanmasi
Qatag'on fojiasi
Fotoalbom
Yodnoma
She'rlar
Mehmonxona

 

                Qatag'on fojiasi

 

                  

   So’zim oxirida adl sudlardan so’rayman, garchi men turlik bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan, ham onglashilmovchiliqlar orqasida ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Loaqal ularning qoralovchi qora ko’zlarning ko’ngli uchun bo’lsa ham menga eng oily jazo bo’lg’an jazoni bera ko’ringiz. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmagan sodda, go’l, vijdonli yigitka bu qadar xo’rliqdan o’lim tansiqroqdir. Bir nechasiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o’lim bilan o’ldirildim. Endi jismoniy o’lim menga qo’rqunch emasdir. Adl sudlardan shuni kutaman va shuni so’rayman”.

                                                                                                                            1926-yil. Samarqand. Qodiriyning suddagi nutqidan     

  Abdulla Qodiriy Moskvada bir yil o’qib vataniga qaytdi va 1926-yili “Mushtum” jurnalida “Yig’indi gaplar” nomli hajviyasini e’lon qildi. Unda rahbar xodimlar tanqid qilinganligi uchun “Rahbar xodimlarni obro’sizlantirish…” moddasi bilan Qodiriy jinoiy javobgarlikka tortildi. Uch oylik so’roq-tergovlardan so’ng u o’zini oqlab erkinlikka chiqdi, lekin matbuot va jamoat ishlaridan yiroqlashtirildi.                                         

 

 

 

1926-yilda "Mushtum" jurnalida chop etilgan "Yig'indi gaplar" maqolasi

 

 Abdulla Qodiriy 1912-yilda Rasulmuhammadboy ismli savdogarga prikazchik bo'lib ishga kiradi.. U 1914-yilda boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi va Nafisa, Habibulla, Adiba, Anisa, Mas'ud nomli farzandlarni tarbiyalaydi.

 Qodiriyning katta o'g'li Habibulla Qodiriy (1919-1987) shifokor, yozuvchi bo'lib yetishdi, "Otam haqida", "Abdulla Qodiruyning so'nggi kunlari" asarlar muallifi sifatida tanilgan. Habibulla Qodiriy o'zining mashaqqatli faoliyati. otasi Abdulla Qodiriy haqidagi xotiralari- Qodiriylar xonadonining armoni, fig'onini qog'ozga tushirib adabiyotimiz tarixi, xalqimiz uchun boshqa biror zot qilishi, qila olishi mumkin bo'lmagan mislsiz ulug' ishni, tarixiy vazifani ado etib, olamdan o'tdi. Quyida siz "Qodiriyning so'nggi kunlari" tarixiy-xotira qissasidan parchalar bilan tanishishingiz mumkin.

Habibullo Qodiriyning "Qodiriyning so'nggi kunlari asaridan" parchalar

                                        Tanqidga munosabat

 Dadam 1926-yilning 18-iyunida erkinlikka chiqib, 20-iyunda Toshkentga qaytadilar.  Keyingi choqlarda mulla Zayniddin amaki bilan suhbatlashib bilishimcha, dadamning hibsdan tez chiqarib yuborishlariga oxunboboyevning o’zi ham bosh qo’shgan. “Julqunboy hazil qilib, to’g’risini yozgan, tahsil ko’rmaganman, o’qishim kerak, javobgar qilmanglar uni”, deydi. Bu so’zlarda jon borga o’xshaydi. Oxunboboyev arbob edi. Arbob kibrsiz, adovatsiz, gina – kuduratsiz, hasadsiz, har bir ishga (garchi o’z shaxsiga ham) haqqoniy baho beruvchi odil kimsa bo’lmoqligi qadimdan aytib kelinadi. Zero bu sifat – xislatlar arbobni yanada ulug’vor, xalq e’tiboriga sazovor qiladi. Axir, oxunboboyev otaning xalq tarafidan hamisha sevilib kelinishi ham shundan emasmi? Ota, darhaqiqat. “Meni tanqid qilding” deb Qodiriyga  gina-adovat saqlamaydi. Ular, ba’zi xotiralarimda yozganimdek, so’nggi choqlarga qadar bir-birlari bilan samimiy munosabatda bo’ladilar.

                                                       Bo’ron arafasida

 … Boloxona uyimizda kechki taomdan so’ng dadam, Rahimberdi, Qudratilla amakilarim choy ichishib. Undan-mundan so’zlashib o’tirishar edi. Dadam dedilar:
- Kecha meni yozuvchilar soyuziga chaqirishdi…
- Nima yangilik, aka?- deb so’radilar Qudratilla amakim.
- Hozir soyuzda yozuvchilarni “tozalash”, saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratish ishlari qizg’in borayapti... To’rt-beshta yozuvchilardan iborat komissiya bir yozuvchini chaqiradilar-da, ko’ngillariga kelgan savolni galma-gal beraveradilar. Bechora yozuvchi sho’rva ichgan ko’rday terlab javob qilaveradi. Yozuvchiga bundan ham razolatliroq jazo bormi?
- Masalan, qanday savollar berishdi, aka?
- -Nega millatchi bo’lgansan, yozganlaringda millatchilik ruhi bor, shuni bo’yningga olasanmi, yo’qmi. Sovet hukumatini yoqtirmaysan, falon vaqtda falonchining uyiga borgansan, o’shanda nimalar haqida gap bo’lgan, u senga nima dedi, sen unga nima deding, qanday kitob ko’rsatdi, falon vaqtda uyingga falonchilar kelgan, o’shanda nima to’g’risida gap bo’lgan, falonchi yosh yozuvchini nima deb ranjitding? Shunga o’xshash bachkana, miji-miji, kovla-kovla gaplar…
-  Sizga ham savol berishdimi, aka?
-  Berishdi… Anqaboy degani savol berdi: “Sizning kim va qanaqa yozuvchiligingizni bilamiz, savolimiz shu: “Xudo bormi, yo’qmi?”
Hammalari jim bo’lib qolishdi. “Bor” dedim. “Qanday isbot qilasiz borligini?” uning e’tiborsiz, yuzaki, mensimaganday bergan savoli g’ashimni keltirdi: “Xudo bormi yo’qligini isbot qilish o’ylaganingizcha oson, bo’yoqchining nili emas. Buning uchun hech bo’lmaganda arab, fors, turk, rus tillarini mukammal bilishingiz va bilibgina qo’ymay, o’sha tillardagi diniy manbalarni sinchiklab o’qigan, o’rgangan, falsafiy mushohada qilgan bo’lishingiz kerak. Shundagina diniy munozaraga kirisha olishingiz mumkin. Masalan: “Ixlos surasi”ni o’qing-chi, men sizga muqaddima o’rnida sharh qilib beray!...” – dedim. Anqaboy anqayib qoldi. Rayosatda jim o’tirgan siyosiy idora vakillari: “bunaqa masalalarni qo’yinglar!” deb luqma solishdi.
Rahimberdi amakim dedilar:
- Dilingda bo’lmasa ham tilingda “yo’q” deb qo’ya qolsang bo’lardi, uka.
_ O’rislarni shunday zo’r yozuvchilari borki, e’tiqod bilan yashaydilar va hozir ham balki yasharlar. Ularga hech kim bir narsa demagan, demaydi ham. Axir bu konstitutsiyamizda shunday ko’rsatilgan, - dedilar. –Endi men bir kishining ikki og’iz so’zi deb qirq yillik iymonimdan qaytaymi? Munofiqlik, vijdonsizlik bo’lmaydimi bu!
Qudratilla amakim dadamning so’zlarini quvvatlab, Rahimberdi amakimga dedilar:
 - Dinning falsafasi ham shunda-da, aka, irodali bo’l,. Munofiq, tuhmatchi bo’lma deb o’rgatadi.
Qudratilla amakim serzavq edilar. Biror ma’noli, tarbiyaviy gap aytsalar, zavqlari kelib darhol Shayx Sa’diy baytlaridan birini o’qib, izhori fazl qilar edilar:
Pisari Nuh bo badon binashastu, xonadoni Nubuvvatashro gum kard,
Saki ashobi Qahf ro’zi chand payi nekon giriftu mardum shud.
Ma’nosi:
Nuh payg’ambarning o’g’li yomonlar bilan o’tirib payg’ambarlik xonadonini yoqotdi,
Ashobi Kahf(afsonalarga ko’ra bir guruh avliyolar daqqiyunus zulmidan qochib bir g’orga yashirinadilar. Shunda bir vafodor it ham quvlashlariga qaramay, Ashoblar ortidan borib haligi g’orga kiradi va ular bilan 300 yildan so’ng ular bilan g’orda yashaydi. Shu yo’sin it go’yo “inson qatoriga kiradi) . Iti esa yaxshilar bilan bir necha kun yurib inson bo’ldi.

- Qalay aka, o’rnida ishlatdimmi! – Qudratilla amakim dadamdan so’radilar va qah-qah urib kuldilar.
 - Juda o’rnida, - dadam kulib qo’ydilar...
Bu voqea O’rta Osiyoga tomon esib turgan bo’ronlarning biri va ashaddiysi edi...

 

 

 

                 Tergov hujjatlaridan....

 

                          

 

Toshkent shahar Kamolon mahallasidagi Xo'ja Alambardor qabristonida Qodiriylar xilxonasi bor. U xilxonaga Qodiriy jasadi qo'yilmagan.

 

   Yuqoriga qaytish

 

  
UzSciNet - Íàó÷íàÿ è îáðàçîâàòåëüíàÿ ñåòü Óçáåêèñòàíà
School Goes Digital UzSciNet