She'rlar

Abdulla Qodiriy va uning ijodiga bag'ishlab ko'p shoir va yozuvchilar qalam tebratganlar. Ulardan ayrimlarinigina e'tiboringizga havola qilmoqdamiz.

Bosh sahifa
Biografiya
Ijod mashaqqati
"O'tkan kunlar"
Dars ishlanmasi
Qatag'on fojiasi
Fotoalbom
Yodnoma
She'rlar
Mehmonxona

  

Rauf ParfiMuhammad YusufFikr - mulohazalar kitobi
 

Muhammad Yusuf

Qodiriy bobomOtabek qo'shig'iKumushZaynab qo'shig'i

Otabek qo’shig’i

Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u, men ham dilshod emasman.
 
Boshga neki tushsa, ko’kdan atalmish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go’shada sen xomushsan, men xomush,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.
 
Biz bir dinda muridlar ikki pirga,
Yo’latmasman seni men bilgan sirga.
Biz na do’stmiz, biz na g’anim bir-birga,
Sen jayron-u, men ham sayyod emasman. 

Senga qo’ysin suymaganni suyishni,
Shunday yashash, aytgil, konglingga xushmi?
Seni quchib sog’inaman Kumushni,
Jon omoni o’zim hayot emasman.
 
Ey gul, suyib ne topding men yomondan,
Bekman, senga yor tilayman sultondan.
Ko’z uzmasman men Marg’ilon tomondan,
Senga ket ham, senga qol ham demasman.
 
Sen Shirin-u, men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u, men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab menga aytma zoringni,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.
 

                                                       

       Yuqoriga qaytish      

                              

  
UzSciNet - Íàó÷íàÿ è îáðàçîâàòåëüíàÿ ñåòü Óçáåêèñòàíà
School Goes Digital UzSciNet