Julqunboy alloma yozuvchi, mohir
donishmand, iste’dodli san’atkor, qalbi pok sohibqalam edi. U O’rta osiyoda
birinchi bo’lib ajoyib romanlar yozdi, keng ommaga tanildi. U mening yozgan
romanlarimni o’qigan va xolisona qimmatli maslahatlar ko’rsatgan edi.
O’zbek va tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniyiy

Dunyoda
beshta, ya’ni: fransuz, ingliz, rus, nemis va hind romanchiligi maktabi bor edi.
Endi oltinchisi, ya’ni o’zbek romanchiligi maktabi paydo bo’ldi, bu maktabni
Abdulla Qodiriy yaratib berdi.
Adabiyotshunos olim Yevgeniy Eduardovich Bertelsls

Abdulla Qodiriy o’zining yirik romanlarida qalamga olgan davr
turmushini nihoyatda jonli qilib ko’rsatadi, o’sha davrning jonli odamlarini
gavdalantiradi. Yozuvchi nihoyatda ravon, shirin va ma’noli qilib tasvirlaydi.
Uning asarlarini o’qiganda butunlay g’arq bo’lib erib ketasan.
Tatar yozuvchisi Zarif Bashariy

Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani menda bir umrga
unutilmas taassurot qoldirgan va ilhom bag’ishlagan. Shundan keyin menda turkman
xalqining o’tmishi haqida roman yozish ishtiyoqi tug’ildi. Katta niyat bilan
“Qismat” romanim ustida ish boshladim.
Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev

Abdulla Qodiriy… bugungi kunda o’z mamlakatida ham, chet
ellarda ham juda kuchli qiziqish uyg’otgan O’rta Osiyo adabiyotining o’sha
yillardagi to’lqinli taraqqiyoti boshida turgan edi.
Nemis adabiyotshunosi Niota Tun

Turkistonda o’zbek turkiylarining keyingi asrda yetishgan eng
yorqin millatparvar adabiyot namoyondalaridan biri Abdulla Qodiriy
(Julqunboy)dir. U ayniqsa, romanchilikda, muhim ijtimoiy va tarixiy mavzularda,
jiddiy tayyorgarlikdan so’ng o’zining go’zal uslubiga ega bo’ladi va bu sohada
o’zidan keyingi qalam tebratadiganlarga o’rnak bo’ladi, buning oqibatida yangi
o’zbek adabiyoti rivojiga ham o’ziga xos bir ta’sir ko’rsatdi.
Turkiyalik olim-professor Ibrohim Yorqin

“Mushtum”
dagi satiric asarlarning Afg’onistonning Mozori Sharifdan o’z uyimga olib
borganman. Abdulla Qodiriy asarlaridan uyimizga Maymanaa, jivirg’on, Qunduz,
Mozori Sharifdan kelgan afg’on, o’zbek ziyolilari ham o’qib bahramand
bo’lganlar.
Afg’onistonlik jurnalist Muhammad Amin Balxizoda

Meningf
o’zim ham Tolstoydan, Gorkiydan, sholoxovdan o’rganmasam, tatar yozuvchisi
ibrohimovning “Bizning kunlar”ini, “Qozoq qizi” ni, o’zbek yozuvchisi Abdulla
Qodiriyning “O’tgan kunlari”ni, “Mehrobdan chayon” ini o’qib shulardan ibrat
olmasam “Dadil qadam”ni boshlay olmagan bo’lardim.
Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboyev

Yuqoriga qaytish